Farg'ona viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo'lib o'tdi

So'ngi yangiliklar

Farg'ona viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo'lib o'tdi

16-17-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, viloyat hokimligi va Raqamli transformatsiya markazi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyalarining Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayorlash markazi” binosida umumiy maydoni 3 ming m.kv.ni tashkil etilishi hisobiga 1 521 ta (113 ta tarmoq korxona va 1 408 hududiy korxona) tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, jami 275 ishlab chiqarish korxonasi o‘z stendlarida 1 990 turdagi mahsulotlarni namoyish etilishi taʼminlandi.

Yarmarkada To‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz, kimyo sanoati, qurilish materiallari, elektrotexnika sanoati, avtomobilsozlik sohasida ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan korxonalar ishtirok etishdi.

Yarmarka yakuni bo‘yicha qiymati 226,3 mlrd so‘mlik  sanoat kooperatsiyasi doirasida 648 ta shartnomalar tuzilishi taʼminlandi.

Shuningdek, Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi doirasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan umumiy qiymati 14 mlrd so‘mlik 32 ta memorandumlar imzolandi.

Yarmarka davomida “Uzkimyosanoat” AJ, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zto‘qimachilik” uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Raqamli transformatsiya markazi. tomonidan 6 ta mavzuli taqdimotlar o'tkazildi.