Chirchiqda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi

So'ngi yangiliklar

Chirchiqda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi

Bugun, 4 avgust kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahri “Chirchiq kimyo-industrial texnoparki” yopiq maneji binosida O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda Raqamli transformasiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Unda metallurgiya, kimyo sanoati, elektr energiyasi, elektr texnika mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi namoyish etiladi.

Yarmarka ishida 1200 dan ortiq, jumladan, 180 ta tarmoq va 1000 ta hududiy ishlab chiqarish korxonasi 1600 ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etadi.