12-15-dekabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida yil davomida hududlarda o‘tkazib kelingan sanoat yarmarkalarining yakuniy bosqichi - Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi tomonidan Toshkent shahar hokimligi ko‘magida tashkil etilgan yarmarkada 4 700 ga yaqin korxonalar ishtirok etmoqda.
12 ming metr kvadrat maydonni egallagan ko‘rgazma pavilyonlarida avtomobilsozlik, elektrotexnika, tog‘-kon, kimyo, metallurgiya, neft-gaz, farmatsevtika, charm-poyabzal, to‘qimachilik kabi yo‘nalishlarda 6 mingdan ortiq mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Yarmarka doirasida tarmoq va hududiy korxonalar o‘rtasida B2G va B2B uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.