Jizzaxda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi

So'ngi yangiliklar

Jizzaxda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi

2022 yilning 3 mart kuni Jizzax shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji binosida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi hamkorligida qurilish materiallari, yengil sanoat, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika sohalari uchun mahsulot-lar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik va hududiy korxonalar ishtirokida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Yarmarkada 775 ta tarmoq va hududiy korxonalar ishtirok etishmoqda, shundan,142 ta korxona 3 ming turdan ortiq o‘z mahsuloti bilan qatnashayotgan bo‘lsa, 633ta korxona mahsulotsiz qatnashmoqda. Tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan respublikadagi yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning mart oyidan noyabr oyigacha respublika hududlari bo‘yicha jami 14 ta Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish reja qilingan. 

Yarmarkada asosiy e’tibor mahsulot xarid qilish bo‘yicha shartnoma-larni shakllantirish bilan birga yirik sanoat tashkilotlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan yarmarka doirasida texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumini tuzishi, hamkorlariga texnik shartlarni berishi, texnik hujjatlar va chizmalarni birgalikda ishlab chiqishi, shuningdek, mahsulot namunalarini ishlab chiqarishi, ularni sinovdan o‘tkazishi, mahsulotlar ishlab chiqarishni boshlashi va ularni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishiga qaratiladi.

Bugungi kunda, Jizzax viloyatida 4000 ga yaqin sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, viloyatdagi sanoat korxonalarining o‘za-ro kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlar hisobiga, 2021 yilda bu korxonalar o‘rtasida Elektron kooperatsiya portali orqali 159,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar savdosi amalga oshirilgan. 

Viloyatdagi yirik tarmoq sanoat korxonalaridan tashqari kichik biz-nes sanoati korxonalari tomonidan 2021 yilda 4,2 trillion so‘mlik (121,6%) sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ham 2020 yilda 684,8 mlrd. so‘mlik va o‘tgan 2021 yil yakuni bilan 3 trln 384,4 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarish hajmi 4,9 barobarga oshirilishi ta’minlangan va 1 293 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Jizzax shahridagi ko‘rgazmada namoyish etilib, import qilinayotgan mahsulotlar namunalarini tadbirkorlik subektlari tomonidan o‘zlashtirish bo‘yicha B2B shaklida muzokaralar olib borish va hamkor-lik bitimlari tuzish jarayonlarida Elektron kooperatsiya portali mutaxassislari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bo‘lib o‘tayotgan Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi iqtisodiyot-ni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshi-lash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yiliga oid Davlat dasturi to‘g‘risi-da”gi Farmoni ijrosini ta’minlash borasidagi tadbirlardan biridir.