Bugun-14-aprel sanasida, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va Tashqi Savdo Vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda Elektron kooperatsiya portali markazi hamkorligida tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Yarmarkada turizm, gastronomik turizm, oziq-ovqat sanoati, mebelsozlik va elektrotexnika sanoati hamda gilam mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mahsulotlari ko‘rgazmali namoyish etiladi.