Farg'onada hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o'z ishini boshladi

So'ngi yangiliklar

Farg'onada hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o'z ishini boshladi

Bugun, 9 iyun kuni Fargʼona shahridagi “Samo” sport majmuasida Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fargʼona viloyati hokimligi hamda Raqamli tranformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o'z ishini boshladi.

Yarmarkada to'qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, shuningdek, neft va gaz sanoati mahsulotlari namoyish etiladi.  Shu bilan birga, elektr energetikasi, elektrotexnika, kimyo sanoati, qurilish materiallari va farmatevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yarmarka ishida 1300 dan ortiq, jumladan, 175 ta tarmoq va 1200 ta hududiy ishlab chiqarish korxonasi ishtirok etadi.