Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

So'ngi yangiliklar

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Raqamli transformatsiya markazi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni joriy yilning 14-18-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida o‘tkaziladigan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga taklif etadi.

Yarmarka respublikaning yirik sanoat tashkilotlari bilan mahalliy sanoat korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada kengaytirishga qaratilgan. Mazkur yarmarkada import bo‘yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning namoyishi ham tashkil etiladi. Bu, o‘z navbatida, mahalliy sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga o‘z faoliyat sohasini yanada kengaytirish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari nomenklaturasini oshirish uchun yangi biznes-g‘oyalarni shakllantirish imkonini beradi.