Bugun Samarqand viloyatida "PROM PRO Expo 2023" hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumiga start berildi

So'ngi yangiliklar

Bugun Samarqand viloyatida "PROM PRO Expo 2023" hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumiga start berildi

Bugun Samarqand viloyatida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, vazirlik huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi hamda viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik "PROM PRO Expo 2023" hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Sanoatchilar forumiga start berildi.

Ushbu tadbir yirik tarmoq korxonalari hamda kichik va xususiy biznes korxonalari o‘rtasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.

Tadbirnining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova va Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tayotgan yarmarkada bir yarim mingga yaqin korxonalar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z mahsulotlarini namoyish etishmoqda:

- Avtomobilsozlik
- Qurilish materiallari
- Charm-poyabzal
- Mebelsozlik
- Elektrotexnika
- Turizm
- Oziq-ovqat sanoati
- Gilam mahsulotlari
 
Yarmarka doirasida shuningdek, 5 ta panel sessiya va 6 ta turli mavzudagi taqdimotlar bo‘lishi kutilmoqda. Avvalroq bu kabi hududiy yarmarkalar Jizzax va Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgan edi va yil oxiriga qadar respublika bo‘ylab davom etadi.