Namanganda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

So'ngi yangiliklar

Namanganda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

14-15-avgust kunlari Namangan shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, uning huzuridagi Raqamli transformatsiya markazi hamda Namangan viloyati hokimligi.

Birinchi kunida shuningdek, YeTTB delegatsiyasi tashrif buyurgan yarmarkada elektr energetikasi, qurilish materiallari, elektrotexnika, tekstil sanoati, farmatsevtika, charm-poyabzal, mebelsozlik, oziq-ovqat sohalari bo‘yicha 1 600 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etishdi. Ulardan 74 tasi tarmoq va 1534 tasi hududiy korxonalar hisoblanadi. 

Ikki kunlik tadbir davomida 300 ga yaqin mahsulot turlari namoyishi, yangi ishlanma va loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, o‘zaro manfaatli uchrashuvlar natijasida new.cooperation.uz Еlektron kooperatsiya portali orqali shartnomalar imzolandi.