Xorazmda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

So'ngi yangiliklar

Xorazmda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi

2023 yil 21-22 sentyabr kunlari Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida turizm, turizm sohasi uchun to‘qimachilik mahsulotlari, transport va logistika, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi texnikasi va mebelsozlik sanoati sohalariga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkaziladi.

Hurmatli tadbirkorlar, sizlarni yarmarkada ishtirok etishga taklif qilamiz.