Jizzaxda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

So'ngi yangiliklar

Jizzaxda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

Bugun, 14 mart kuni Jizzax shahridagi “Olimpiya zaxiralari” kolleji binosida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Raqamli tranformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Unda avtomobilsozlik, qurilish materiallari, to‘qimachilik, elektrotexnika, mebel va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, transport va logistika sohalariga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi.

Yarmarka ishida 1400 dan ortiq, jumladan, 114 ta tarmoq va 1294 ta hududiy ishlab chiqarish korxonalari qatnashmoqda.