Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

So'ngi yangiliklar

Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

Bugun, 4 aprel kuni Buxoro shahridagi Davlat test markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Raqamli tranformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

 

Unda qurilish materiallari, kimyo va farmatsevtika sanoati, to‘qimachilik, neft va gaz sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako‘lchilik sohalariga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi.