Bugun 18 aprel kuni Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Namangan viloyati hokimligi hamda Raqamli tranformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.
Yarmarkada to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektr energetikasi, elektrotexnika, oziq-ovqat va mebelsozlik sanoati sohalariga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi.