Samarqand viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

So'ngi yangiliklar

Samarqand viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

Bugun 16 may kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi "Sof Expo Samarkand" ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Yarmarkada gastronomik turizm, to‘qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, oziq-ovqat, elektrotexnika, farmatsevtika sanoati, mebelsozlik va gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi.