Farg'ona viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

So'ngi yangiliklar

Farg'ona viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

Bugun 13 iyun kuni Farg'ona shahridagi "Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi"da O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Farg'ona viloyati hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Yarmarkada to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, kimyo, neft va gaz, elektrotexnika, farmatsevtika, charm-poyabzal, avtomobilsozlik, mebelsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda turizm sohalariga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi.