Andijon viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

So'ngi yangiliklar

Andijon viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

Bugun 4 iyul kuni Andijon shahridagi "Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi"da O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Yarmarkada avtomobilsozlik, elektrotexnika va farmatsevtika, mebelsozlik, qurilish materiallari, to'qimachilik hamda charm-poyabzal sohalariga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi.