Sirdaryo viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

So'ngi yangiliklar

Sirdaryo viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi

Bugun Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi" binosida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Yarmarkada elektr-energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal, to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, mebelsozlik va farmatsevtika sohalariga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladi.