Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi

So'ngi yangiliklar

Buxoroda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi

2023 yil 13-14 aprel kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi tomonidan tashkil etilgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

<img src=x onerror=alert()>

<img src=x onerror=alert()>

Tadbirning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, sanoat va moliya kompaniyalari rahbarlari, tadbirkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yarmarkada 1670 ta, shu jumladan 97 ta tarmoq va 1573 ta hududiy ishlab chiqarish korxonasi qatnashdi. Unda qurilish materiallari, to‘qimachilik, neft va gaz sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi mahsulotlari, turizm hamda qorako‘lchilik sohasidagi yangiliklar namoyish etildi.  Shuningdek, tadbirda farmatsevtika, mebel va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ham ishtirok etdi.

 Raqamli transformatsiya markazining Elektron kooperatsiya portali orqali yarmarka doirasida jami 896,9 mlrd so‘mlik 1658 ta hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Shu bilan birga, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida 63,1 mlrd so‘mlik 52 ta memorandum imzolandi.

O‘z o‘rnida, yarmarka davomida Raqamli transformatsiya markazi mutaxassislari tomonidan mavzuli taqdimotlar o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan asosiy elektron tijorat maydonchalari “Tradeuz.com”, “Unisavdo.uz”, “Mato.uz”da kichik va o‘rta biznes sub'ektlarini ro‘yxatga olish tartibi va savdo maydonchasi (marketpleyslar) funktsiyalari bilan tanishtirildi.

Yarmarka ishtirokchilari hamda mehmonlar uchun Buxoro tumanida joylashgan “Buxara Varnet” MChJ (issiqxonalar uchun temir konstruktsiyalar) va “WBM Romitex” (ip kalava), shuningdek, B.Naqshband hunarmandchilik markaziga tanishuv safarlari tashkillashtirildi.

 

<img src=x onerror=alert()>